Birgalikda ekilgan nihol yangi rejalarning ramzi bo‘ldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat ekdi.
Bu tashrifga uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Erishilgan natijalar shunga munosib bo‘ldi - ikki mamlakat hamkorligi kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yildi.
Davlat rahbarlari ekkan nihol ushbu yangi rejalarning, xalqlarimiz do‘stligining ramzi sifatida gullab-yashnaydi.