Xalqaro davra suhbati O‘zbekistonda kechayotgan Konstitusiyaviy islohotlarga bag‘ishlandi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) hamkorligida “O‘zbekistonda Konstitusiyaviy islohotlar: asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazining Axborot xizmatidan ma'lum qilinishicha, tadbirda Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi va Konstitusiyaviy Komissiya a'zolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, ANKASAM rahbariyati va yetakchi ekspertlari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turkiyaning Ufuk universitetlari ilmiy doiralari vakillari hamda huquq, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi.
Xalqaro davra suhbatini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda ANKASAM direktori Mexmet Seyfettin Erol boshqardi.
Dastlab, Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Asosiy qonunga kiritilishi taklif etilayotgan tashabbuslar hamda qonun loyihasida aks ettirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to‘xtaldi.
Jumladan, Konstitusiyaga kiritiladigan o‘zgartishlar, birinchi navbatda, asosiy qonun darajasida inson huquqi va qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, uning ijtimoiy himoyasi va iqtisodiy farovonligi mustahkamlanadigan Yangi O‘zbekistonni qurilishiga qaratilganligi qayd etildi.
Shuningdek, Parlament a'zolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasining jamoatchilik muhokamalarining barcha bosqichlari hamda ushbu jarayonni tashkil etilishi bilan bog‘liq ma'lumotlar qayd etildi.
Shundan so‘ng, turkiyalik ekspert va mutaxassilarning Konstitusiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari tinglandi.
ANKASAM rahbari Mexmet Seyfettin Erol so‘nggi yillarda O‘zbekistonda, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani xususida to‘xtaldi.
– O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitusiyaviy islohotlar, shuningdek, boshqa ijobiy o‘zgarishlar rivojini halqaro hamjamiyatga yetkazishda “Taraqqiyot strategiyasi” hamda “ANKASAM” markazlari faol hamkorlikda ish olib bormoqda, - dedi u. - Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan tahliliy va axborot materiallari muntazam ravishda “ANKASAM” veb-saytida turk tilidagi tarjimasi bilan chop etib kelinmoqda. Bu esa Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali turk hamjamiyatini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lib borishini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Djem Karadeli, “Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) direktorining bosh maslahatchisi:
– O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining keyingi taraqqiyot yo‘li va maqsadlarini aniq belgilab, mamlakatda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirdi, hozirgi paytda esa mazkur jarayon yangi bosqichga ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining chuqur o‘ylangan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishi xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imdjini shakllantirdi.
Eng muhimi, islohotlarning markazida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi turgani bizni quvontiradi. Xususan, mamlakatda ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish, fuqarolik institutlarini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta'minlash borasida muhim muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilganini e'tirof etish lozim.
Nezaxat Demiray, Turkiyaning Ufuk universiteti dosenti;
– Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zarurat hisoblanadi. Muhimi, ushbu o‘zgartirishlar jarayonida insonning sha'ni va qadr-qimmati tamoyiliga alohida e'tibor qaratilmoqda. Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xalqaro me'yorlarga mos keladi. Konstitusiyaviy tuzatishlar loyihasi umumxalq muhokamasiga kiritilishi, aholidan takliflar qabul qilinishi ijobiy holatdir.
Shu bilan birga, o‘lim jazosining Konstitusiyaviy qonun darajasida bekor qilinishi, Konstitusiyaviy o‘zgartishlar doirasida qabul qilingan islohotlarni yanada kuchaytirish va kelgusida harakatga keltirish muhim sanaladi.
Emra Kaya Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi;
– O‘zbekiston Markazi Osiyodagi jadal rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Xususan, buni Konstitusiyaviy islohotlar jarayonida ham kuzatish mumkin. Sababi O‘zbekistonda Konstitusiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida aholining, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institularining faol ishtirok etayotganligi sezilmoqda.

Bu konstitusiyaviy islohotlar xalq manfaatlaridan kelib chiqayotgani, jamiyatning keng qatlamlaridan takliflar olinayotgani dalolatidir. Shuningdek, «Inson – jamiyat – davlat» tamoyilining konstitusiyaviy tarzda mustahkamlab qo‘yilishi davlatning jamiyat oldidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Davra suhbati yakunida ishtirok etgan turkiyalik ekspertlar O‘zbekistonda boshlangan islohotlarni amalda oshirishda hamda Konstitusiyaviy qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan doimiy ravishda fikr almashib, hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.