O‘zbekistonda Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
Joriy yilning 1–3-noyabr kunlari O‘zbekistonda Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro haftalikdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor boʻlish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.
Turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Haftalik dasturidan ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, haftalik dasturidan Samarqand shahridagi yangi “Ipak yo‘li” turistik markazining ochilishi, “Xiva – islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, “Jahon ustalari” yarmarkasi va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.