O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo - YI” sammitida nutq so‘zlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi Prezidentini qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shu kun kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.
28-oktabr kuni O‘zbekiston va YI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.
Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.