Turkiy millatlar madaniyati tarannum etildi
Turkiy davlatlar yetakchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi.
Bu yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.
Samimiy muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi.
Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy an’ana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.