O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019
2019-yilda O‘zbekiston diplomatik missiyalarida 1200 dan ortiq biznes forumlari o‘tkazildi. Xorijiy ishbilarmon doiralar vakillari va xorijiy investorlarning O‘zbekistonga 3000 dan ortiq tashriflari tashkil etildi, mamlakatimiz iqtisodiy institutlarining xorijga 1100 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi.
Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Vengriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstriya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan 29 ta hukumatlararo komissiyalarning uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, elchilarimizning o‘zlariga biriktirilgan mamlakatimiz hududlariga 170 dan ortiq amaliy tashriflari tashkillashtirildi.
Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
29-dekabr 2019y.