XORIJDA OVOZ BERISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunning loyihasi bilan www.meningkonstitutsiyam.uz veb-sayti yoki QR-kod orqali tanishishingiz mumkin
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish tartibi
Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha turgan fuqarolar o‘zlarini ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendum kuniga kamida 15 kun qolguniga (2023 yil 14 aprelga) qadar quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:
ARIZALAR SHAKLI
YOZMA
tegishli O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalariga
ELEKTRON
Tashqi ishlar vazirligining referendum2023.mfa.uz rasmiy
veb-sayti orqali
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari joylashgan manzil va aloqa ma'lumotlari bilan www.mfa.uz veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Referendum uchastkasida ovoz berish
Fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritilganidan keyin:
19-26 aprel kunlari
(muddatidan oldin)
30 aprel referendum kuni
diplomatik yoki boshqa vakolatxonada
ovoz berishlari mumkin.
Referendum uchastkasidan tashqarida ovoz berish
Diplomatik vakolatxona binosidan tashqarida muddatidan oldin ovoz berish 19-26 aprel kunlari (fuqarolar zich holda istiqomat qiladigan joylarda)
ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi
Sizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ishonch-telefoni 998 (55) 500-12-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.