O'zbekiston dunyoning 121 davlati ichida eng xavfsiz mamlakat deb tan olindi
"Uzbektourism.uz" ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy oldi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog'iston 14, Tojikiston 17, Qirg'iziston 26-o'ringa joylashgan.
Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Syerra-Leone va Mali davlatlari egallagan.
"Safety Perception Index" oziq-ovqat va suv, zo'ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog'lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik kabi faktorlarga e'tibor qaratadi. Ushbu omillar mamlakatlarning xavfsizlik reytingi uchun asos bo'ladigan obrazni ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
O'zbekistonning mazkur reytingda birinchi o'rinda ekanligi chet ellik sayyohlarning mamlakatimizga bemalol kelib-ketishlari uchun zamin yaratadi.