O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari bo‘lib o‘tadi
2024-yilning 6-7-noyabr kunlari O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan eng yirik ishbilarmonlik tadbiri — Yevropa iqtisodiyoti kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda hukumat, ishbilarmonlar, xalqaro tashkilotlar va Yevropaning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etadi.
Tashkilotchilar – “EUROUZ” Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.
Yevropa iqtisodiy kunlari iqtisodiy hamkorlik, innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos platformaga aylanadi.
Tadbir Yevropa bizneslari uchun asosiy hukumat vakillari va qaror qabul qiluvchilarga kirishni ta'minlaydigan noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ikkinchi kunlik biznes-forumni doirasida biznesdan biznesga (B2B) va biznesdan hukumatga (B2G) formatlaridagi uchrashuvlar, shuningdek, seminarlar, treninglar va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Tadbirning batafsil dasturi bilan bu yerda tanishish mumkin:
https://eurouz.glueup.com/event/the-european-economic-days-in-uzbekistan-112720/
Tadbirda ishtirok etish uchun https://eurouz.glueup.com/event/112720/register/ havolasi orqali ro'yxatdan o'tiladi.