O‘zbekistonga Vengriya delegatsiyasining bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2020-yilning 18-fevral kuni Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.
Tashrif dasturidan Tashqi ishlar, Energetika, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Vengriya delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi va O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida ham ishtirok etadi.