Ispaniyaning "MAXAM" kompaniyasi bilan investitsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Sardor Umurzoqov Ispaniyaning "MAXAM" kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn muzokaralar o'tkazdi.
1874 yilda tashkil etilgan MAXAM kompaniyasi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va O'zbekistondagi eng yirik Evropa sarmoyadoridir. 2007 yilda respublika bozoriga kirib, kompaniya "O'zkimyosanoat" bilan birgalikda "Maksam-Chirchiq", "Ammofos-Maksam" OAJ korxonalarini tashkil etdi, ular bugungi kunda mamlakat kimyo sanoatining etakchilaridan biriga aylandi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar MDH davlatlariga, shuningdek, BAA, Avstraliya, Eron, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Muzokaralar chog'ida tomonlar investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini, qo'shma loyihalarni amalga oshirishning borishini muhokama qildilar, mavjud dolzarb muammolar va ularni hal etish mexanizmlarini ko'rib chiqdilar.
Muzokaralar natijasida mavjud kelishuvlarni va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha tizimli hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish to'g'risida kelishuvga erishildi.