O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish
Ispaniya va Portugaliyada doimiy yashovchi va Elchixonada doimiy konsullik ro'yxatidan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni topshirish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni topshirish istagida bo'lgan shaxs Elchixonaning konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab etiladi. Hujjatlarni boshqa shaxslar orqali yoki pochta orqali yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun Elchixonaning konsullik bo'limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga iltimosnoma (zarur bo'lgan namunani chop etish). Iltimosnoma bir xil rangdagi ruchka bilan fuqarolikdan chiqish sabablari tafsiloti bilan qo'lda to'ldirilishi kerak. Ularda hech qanday tuzatish yoki o'zgartirish kiritishga yo'l qo'yilmaydi.
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma shakli elektron shaklda yoki bosma shaklda o'zbek tilida bosma harflar bilan to'ldirilishi mumkin. Agar elektron shaklda to'ldirilgan bo'lsa, u oxirida chop etilishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi. (namunaga qarang).

3. Elektron shaklda to'ldirilgan Anketa-so'rovnoma. Anketa formasini elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketa alohida varaqqa bosmalanishi kerak.
4. Tarjimai xol (kompyuterda yozilishi kerak). Tarjimai xol ma'lumotlarini xronologik tartibda, oxirgi ish joyining aniq manzili va egallab turgan lavozimi, ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, O'zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining manzillari va telefonlarini ko'rsatgan holda to'ldiriladi (namunaga qarang). Sizdan tarjimai xolni elektron versiyasini (doc. yoki docx. fayl) USB flesh-diskida olib kelishni so'raymiz.
5. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik yoki xorijga chiqish biometrik pasporti) va barcha sahifalardan nusxasi, shu jumladan bo'sh sahifalar (A4 varaqning bitta sahifasida 2 bet bo'lishi mumkin), sahifalar tartib bilan bo'lishi kerak.
6. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma nusxasi.
6. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma nusxasi.
- Agar guvohnoma Ispaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan bo'lsa, bu holda ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak (legalizatsiya tartib qoidalari). Shundan keyingina Ispaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
- Agar guvohnoma Portugaliyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan bo'lsa, bu holda ushbu hujjat yashash davlati tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosiladi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
7. Xorij fuqaroligini qabul qilish to'g'risidagi kafolat xati nusxasi yoki chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi to'g'risidagi guvohnoma o'zbek tiliga tarjima qilingan holda. Agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo'lsa, bu holda chet davlat pasportining nusxasi taqdim etiladi.
8. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Taqdim qilinayotgan hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
9. Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo'lsa).
- Agar guvohnoma Ispaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan bo'lsa, bu holda ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak (legalizatsiya tartib qoidalari). Shundan keyingina Ispaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
- Agar guvohnoma Portugaliyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan bo'lsa, bu holda ushbu hujjat yashash davlati tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosiladi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
10. Fuqarolikdan chiqishga turmush o'rtog'ining notarial tartibda tasdiqlangan roziligi (namunaga qarang).
11. Arizada bola ko'rsatilgan taqdirda, uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi (Legalizatsiya yoki Apostil qilinib qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda) va pasporti (mavjud bo'lsa) nusxasi. Bunday xollarda bolaning otasi yoki onasi O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan bo'lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi (nikox bekor qilingan xolatlar bundan mustasno emas).
12. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolaning ota-onaning biri bilan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi yozma roziligi (namunaga qarang).
13. Agar ariza beruvchining O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan eri (hotini), ota-onasi, shuningdek, uning qaramog'idagi shahslar O'zbekiston Respublikasida doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shahslarning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy e'tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalari. Agar tegishli holatlar mavjud bo'lsa, ota-onaning, turmush o'rtog'ining roziligi o'rniga ariza beruvchidan yoki tegishli organdan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- vafot etganligi haqidagi guvohnoma, agar ko'rsatilgan shahslar vafot etgan bo'lsa;
- ko'rsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb topilganligi yohud fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
- yolg'iz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
14. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosuratlar (4 dona).
15. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl (Modelo 455 SARO REGISTRADO) - 2 dona (namuna).
15. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl (Modelo 455 SARO REGISTRADO) - 2 dona (namuna).
16. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
MUHIM!
- Agar ariza beruvchi va uning oila a'zolari (turmush o'rtog'i va bolalari) Ispaniya/Portugaliya fuqarolari bo'lsa yoki chet el fuqaroligini berish kafolatiga ega bo'lsa, bunday hollarda ushbu hujjatlarning nusxalarini o'zbek tiliga tarjimasi bilan taqdim etish talab etiladi.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmonning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O'zbekiston Respublikasi davlat tilida bo'lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga (o'zbek tili) tarjima qilinadi.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.

- Murojaat etuvchidan barcha hujjatlar kelib tushgan va ularni konsullik bo'limida tekshirgan paytdan boshlab iltimosnoma ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi.
- Agar arizachi manzilini yoki telefon raqamini o'zgartirsa, bu haqda konsullik bo'limiga yozma ravishda xabar berishi so'raladi. Ariza beruvchining haqiqiy manzili va telefon raqami bo'lmasa, konsullik bo'limi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida o'z vaqtida xabar berishga kafolat bermaydi.
Fuqarolikdan chiqish masalalari bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish holati to'g'risidagi ma'lumotnomalar konsullik bo'limiga topshirilgandan so'ng darhol beriladi. Takroriy ma'lumotnomalar pullik - 40 evro miqdoridagi konsullik yig'imi asosida beriladi. Takroriy ma'lumotnomani olish uchun konsullik bo'limiga ariza va pasport nusxasini (faqat fotosurati bo'lgan sahifani), qaytarish uchun etarli marka yopishtirilib, o'z manzili ko'rsatilgan konvert bilan yuborish kerak.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan, bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasining rekvizitlari:
Embajada de Uzbekistan
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN: ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Plaza de Colón, 1, 28001 Madrid, Madrid.