O'zbekistonga xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda
Birinchi yarim yillikda O'zbekistonga 3,5 milliondan ortiq xorijlik sayyoh keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
"uzbektourism.uz" portali ma'lumotiga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.
Sayyohlik oqimining asosiy qismini Qirg'iziston fuqarolari – 1 milliondan ortiq kishi tashkil etgan. Keyingi o'rinlarda Tojikiston va Qozog'iston – mos ravishda 1 million va 668,4 ming kishi bilan qayd etildi Yilning birinchi yarmida mamlakatimizga 3,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, jumladan, 1 milliondan ortiq qirg'izistonlik va 1 millionga yaqin qozog'istonlik.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizga 364,5 ming nafar Rossiya, 67,2 ming nafar Turkmaniston, 51,9 ming nafar Turkiya fuqarolari kelgan.
Bundan tashqari, top-10 talikka Xitoy (28,7 ming kishi), Hindiston (28,2 ming kishi), Janubiy Koreya (19,6 ming) va Italiya (17,7 ming) kirdi.